Kardeş Kalemler

Dil Araştırmaları

Kalemdaş

Türk Dünyası Edebiyat Dergileri Kongresi

AYB - Edebiyat Akademisi

Uluslararası Kaşgarlı Mahmud Hikâye Yarışması

Bengü Yayıncılık

Türk Dünyasında Edebiyat Adamı Ödülleri

II. XALQARO bobo QURQUT Teatr asari musobaqasi SHARTLARI

  • Маvzu: Erkin
  • Тuri: Erkin (bolalar uchun pyesalar, intermediyalar ve moslashtirilgan o`yinlardan tashqari)
  • Мusobaqa tili: Аsar turk, ozarbayjon, qozoq, qirg`iz, turkman, o`zbek, tatar, boshqird, chuvash, gagauz, qorachoy-bolqor, qumiq, uyg`ur, hakas, oltoy, saxa, tuva turkiylari adabiy tilida yozilgan bo`lishi lozim.
  • Musobaqada yoshidan qatiy nazar, barcha qatnashishi mumkin.
  • Har bir yozuvchi faqat bitta asar bilan qatnashishi mumkin.
  • Musobaqaga havola qilinadigan asar sahnalashtirish texnikasiga mos holda yozilgan bo`lishi lozim.
  • Asar original bo`lishi lozim; boshqa bir asardan ko`chirilgan yoki qayta ishlangan, moslashtirilgan bo`lmasligi kerak.
  • Musobaqada qatnashadigan asar oldinlari boshqa biron musobaqada mukofot olmagan, hech qayerda nashr etilmagan va sahnalashtirilmagan bo`lishi shart.
  • Мusobaqaga qatnashadigan asar kompyuterda Times Roman yozuvida kattaligi 12 shriftda, qator orasi 1,5 o`lchamda yozilib, А4 bichimli qog`ozga bosilgan holda jonatilishi kerak.
  • Asar eng ko`pi bilan ikki pardali bo`lishi kerak.
  • Musobaqaga yuboriladigan asarning ustida faqat ramz bo`lishi kerak; asar ustida ramzdan tashqari musobaqa ishtirokchisining kimligini ko`rsatadigan har qanday belgi, ishora yozilgan bo`lsa, asar musobaqaga qabul qilinmaydi.
  • Musobaqaga qatnashadigan asar 6 nusxada jonatilishi lozim. Bundan tashqari asar joylashtirilgan xatjildning ichiga word formatida hozirlangan dosye CD ga yozilgan holda qo`yilishi kerak.
  • Musobaqa ishtirokchisi pasportining nusxasi, manzili va tarjimai holi, 1 nusxa fotosuratini boshqa xatjildga solib, ustiga faqat ramzini yozishi va pyesa joylashtirilgan katta xatjildning ichiga joylashtirishi darkor. Asar elektron pochta yo`li bilan jo`natilsa, bu ma`lumotlar E-mailga alohida ilova qilinadi va musobaqa kotibiyatida musobaqa so`ngiga qadar saqlanadi.
  • Musobaqaga qatnashadigan asar AYB Sakarya Mahallesi Göztepe Sokak 5/A manziliga bevosita topshiriladi yoki This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. manziliga elektron pochta orqali yuboriladi.
  • Musobaqa rahbariyati lozim topgan hollarda dastlabki tanlov jyurisini tashkil etishi mumkin.
  • Asarlar Turkiya turkchasiga qilingan tarjima matniga ko`ra baholanadi.
  • Musobaqaga yuborilgan asarlar qaytarib berilmaydi va matu egasi bu borada hech qanday haq-huquq da`vo qilolmaydi.
  • Musobagada mukofot olgan asarlar TURKSOYga a’zo o’lkalarning teatr repertuarlariga kirish uchun tavsiya etiladi.
  • Asarlarni Baholash Hay`ati (jyurisi) a`zolari hamda ularning qarindoshlari va yaqinlari musobaqada qatnasha olmaydilar.
  • Musobaqa shartlariga mos bo`lmagan murojaatlar qabul qilinmaydi.
  • Murojaat qilgan shaxslar musobaqa shartlarini qabul qilgan deb hisoblanadi.

 МUSOBAQA JADVALI

  1. Мusobaqa e`loni : 15.04.2017.
  2. Аsarni topshirishning so`nggi muddati : 30.09.2017
  3. Мusobaqa natijalarining e`lon etilishi : 15.11.2017
  4. Мukofotlash marosimi : 2017 йил декабрь

МUKOFOTLAR

  1. Birinchi mukofot : 15. 000 (o`n besh ming Turk lirasi)
  2. Ikkinchi mukofot : 10. 000 (o`n ming Turk lirasi)
  3. Uchinchi mukofot : 5.000 (besh ming Turk lirasi)
  4. 1-rag`batlantiruvchi mukofot : 2.500 (ikki ming besh yuz Turk lirasi)

 

 

 

Has Bahçe Edebiyat Sohbetleri

II. Uluslararası Dede Korkut Tiyatro Eseri Yarışması
 

Copyright © 2017 Avrasya Yazarlar Birligi. All Right Reserve.
AYB Türk Dünyası Yazarlar Birliği üyesidir.